Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Mana buni transfer desa bo'ladi

.
- Yuklab olish

Hozirda klublar kuchli futbolchini qo'lga kiritish uchun katta summadan voz kechishlari shart. Ba'zan esa, ko'rimsizgina narx evaziga sotib olingan futbolchilar jamoaning muhim figuralaridan biriga aylanadi. Bugun ana shunday futbolchilar haqida qisqacha

Serj Gnabri

“Arsenal”da o'zini ko'rsata olmagan futbolchi ortga qaytadi va “Verder” klubida o'z faoliyatini tiklashga harakat qiladi. Futbolchi “Verder” safidagi o'yinlari orqali “Bavariya” jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoladi va keying mavsumni “Gollivud” safida boshlaydi. “Bavariya” Serj uchun 8 million evro to'lgan bo'lsada, hozirda uning narxi 60 milliongacha ko'tarilgan. Bundan tashqari, Robben ketgach, muxlislar aynan Gnabri uning o'rnini egallashiga ishonishmoqda.

Suso

Ispaniyalik futbolchi katta futbolga aynan “Livepul” jamoasida kirib kelgan bo'lsada, jamoaning asosiy tarkibiga kirib olishni uddalay olmgan edi. Keyinchalik klub futbolchini “Milan”ga atigi 1 million evro evaziga sotib yuboradi. Italiya klubi futbolchini avvaliga bir mavsum “Jenoa”ga ijaraga beradi va darrov ortga qaytaradi. Hozirda “Milan”ning chinakam etakchsi sanaladigan Susoning transfer narxi 40 million evroga teng

Kazimiro

“Real Madrid” transfer bozorida o'zining fantastic haridlari bilan yaqqol ajralib turadi. Shu kunga qadar “qirollik klubi” yulduz futbolchilar uchun millionlarni ayagan emas. Shunday bo'lsada, mana bir necha yillardan beri jamoadagi eng muhim vazifani bajaruvchi Kazimironing transferi bundan mustasno. Hozirda 65 million evroga baholanadigan futbolchi uchun “qaymoqranglilar” atigi 7,5 million evro to'lashganiga ishonish qiyin.

Kalidu Kulibali

“Napoli” Kulibalini “Genk” klubidan sotib olganida, senegallik futbolchi 22 yoshda edi. O'sha davrda nomdor bo'lmagan himoyachi uchun 7,5 million evro to'lash chinakam tavvakaldek ko'ringan bo'lsa, ajab emas. Hozirda Kalidu dunyoning eng kuchli himoyachilaridan biri sanaladi va uning transfer qiymati 75 million evroga teng! Marko Veratti Italiyalik futbolchi jamoa safiga Ibrahimovich, Lavezzi, Lukas Moura tsingari super yulduzlar bilan bir vaqtda taklif etilgani bois hech kim unga e'tibor qaratmagan edi. Oradan vaqt o'tib aynan

Veratti

jamoaning asosiy futbolchisi bo'lib etishini hech kim tasavvur ham qilmagan bo'lsa kerak. PSJ Veratti uchun 12 million evro to'lash orqali bie necha yillardan beri o'z maydon markazidagi muammolarni bartaraf etishga muvaffaq bo'lmoqda. Hozirda Verattini qo'lga kiritishni istagan klublar 75 million evrodan voz kechishlari shart.

BestMaster
24 Sentabr 2019, 13:30
buni, transfer, desa, boladi,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads