Uning so'zlariga ko'ra, 1997 yil Ronaldo Britaniyaga ketishi mumkin bo'lgan ekan – braziliyalik hujumchiga "Reyndjers" klubi jiddiy qiziqish bildirgan.
O'ta omadli — 1996/97 yilgi mavsum (Ronaldo "Barselona" safida 49 bahsda 47ta (chempionatning 37 o'yinida 34ta) gol urgan)dan keyin Italiyaning "Inter" klubiga o'tdi. Milan klubi o'yinchi uchun 25 million funt sarflagan. Bu esa o'sha paytda rekord natija bo'lganidan xabaringiz bor, albatta.
Ko'pchilik bilmasa kerak, ammo 1997 yil yozda 20 yoshli forvardga 3ta klub davogarlik qildi: "Lacio", "Inter" va "Reyndjers". Italyanlar bilan hammasi tushunarli, ammo shotlandiyaliklar juda xavfli edilar. Ular o'shanda "so'yloq tish"ga g'alati shartnoma taklif qilgandilar: "djers" o'yinchidan faqat CHempionlar Ligasida foydalanmoqchi edi.
Branchini buni tushuntirishga harakat qilgan: "Ular SHotlandiyada hukmron edilar, biroq CHempionlar Ligasida hech omadlari yurishmasdi. Hammasi oddiy: chempionat doirasidagi raqiblar bilan o'rtadagi tafovut shunchalik kattaki, natijada ularga qarshi bahslar xuddi rasmiyatchilik uchun o'ynagandek o'tadi. Ularning asosiy maqsadi — Evropa sovrini".
Ha, haqiqatdan ham taklif juda g'alati bo'lgan. "Inter"ga keladigan bo'lsak, klub o'yinchini Braziliyada o'ynagan kezlaridanoq kuzatib yurgan. Italyanlar juda qatiyatli edilar.
Klub va chempionatni o'zgartirish Ronaldoga salbiy tasir ko'rsatmadi. "Pyachenca"ga qarshi bahsda braziliyalik xet-trikka erishdi, muxlislar unga "fenomen" taxallusini qo'ydilar. 1997 yil sarhisobida Ronaldo "Oltin to'p"ga sazovor bo'ldi va ikkinchi marta FIFA tomonidan "yil o'yinchisi" (bunaqasi tarixda ilk bor yuz bergandi) deb etirof etildi. "Inter" chempionlik uchun kurashda "Yuventus"ga engildi va ikkinchi pog'onani egalladi. SHuningdek, klub UEFA Kubogiga ega chiqdi: o'shanda Moskvaning "Spartak" jamoasini yarim finalda mag'lub etgandi.
A Seriyadagi faoliyatini munosib tarzda boshlaganiga qaramay, "Inter"dagi davri eng yaxshisi bo'la olmadi: braziliyalik tizzasidan olgan jarohatidan qattiq aziyat chekdi. Kuchli og'riq 1998/99 yilgi mavsumda ham uni tinch qo'ymadi. Ronaldo 2002 yil "Real"ga o'tishidan oldin ikki yil mobaynida rasmiy o'yinlarda maydonga tusha olmagandi. Bu vaqt ichida mashhurligiga ancha putur etdi, Braziliya termasida yangi va yosh o'yinchilar paydo bo'la boshladi. SHu sababli, 2002 yilgi Jahon CHempionatiga borish uchun ular bilan jiddiy kurashishiga to'g'ri kelgandi.
Lekin yakunda u o'sha JCHga borgan va qanday o'yin namoyish qilgani, qanday gollar urgani hech kimning yodidan ko'tarilmaganiga shubha yo'q. Turnirda Ronaldo nafaqat maydondagi harakatlari bilan, balki ajabtovur soch turmagi bilan ham tillarda doston bo'lgandi.
Nozima Zaripova tarjimasi