"Milan" klubi darvozaboni Janluidji Donnarumma klub bilan yangi shartnomaga imzo chekmoqchi ammo uning agenti Mino Rayola buni xohlamayapdi.
Rayola ushbu yozda mijozini "PSJ" yoki "Real"ga katta pulga sotishni reja qilmoqda. Rayola "rossanerri"larning so'nggi taklifini ham rad etdi, vaxolanki Donnarumma "Milan"da qolishni reja qilayotgan edi.
Shuningdek, 18 yoshli darvozabonning oila a'zolari Alfonso otasi va akasi Antonio - Mino Rayola ishidan norozi. Donnarummaning o'zi ham "Milan"da qolishni rejalashtiryapdi va jamoasi rahbarlari bilana yana bitta uchrashuv o'tkazishni tashkillashtirmoqda. Xabarlarga ko'ra "Milan" Jijjiga 6 mln yevroga mo'ljallangan 5 yillik shartnom taklif etmoqda.
Eslatib o'tamiz, Mino Rayola mijozlari orasida Pol Pogba dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi.