Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan “Sevilya” ustidan qozonilgan g'alabaga izoh berdi.
“Men baxtliman va juda mamnunman. Bizning o'yinimiz haqida ko'plab savollar bor edi, ammo bugun 90 daqiqani yuqori darajada o'tkazdik. Jamoaning barcha futbolchilarini tabriklayman. Bu bizning g'alabamiz.
Benzema yana g'alaba keltirdi, qolaversa biz juda yaxshi himoyalandik. Biz bu o'yinni taktik nuqta'i nazaridan juda yaxshi o'tkazdik.
Himoyadagi o'yinimiz g'alabaning kaliti bo'ldi va g'alaba qozonishimizga imkon berdi. Bugun bizning o'yinimizda xarakter sezilib turdi. Futbolchilar bir-birini yaxshi tushunishdi va g'alaba uchun maydonda borilarini berib o'ynashdi”, - deydi Zidan.