«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu do'sti Joze Semedu bilan birga suratga tushdi.
Shundan so'ng, futbolchi fotosuratni Instagram sahifasiga joylashtirib: «Ajoyib o'xshashlik: oq va qora shokolad» - deb yozdi.
Daily Mail xabariga ko'ra, Ronalduning ko'plab o'quvchilari inson tanasining rangini ajratib ko'rsatish noto'g'ri ekanini aytib, yozib qoldirilgan sharhlarda uni irqchilikda ayblagan.
Ronaldu Joze Semedu bilan yoshlikdan tanish. Har ikkalasi ham «Sporting» klubi akademiyasida ta'lim olgan. Ayni paytda 32 yoshli Semedu hech qaysi klubda o'ynamayapti. Avvalroq, u 6 mavsum davomida «Sheffild Uensdey» tarkibida to'p surgandi.