«Real» yarim himoyachisi Kazemiro Braziliya terma jamoasi sardoriga aylanadi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Dani Alves xalqaro faoliyatini yakunlaganidan keyin "Qirollik klubi" futbolchisi sardorga aylanishiga Braziliya termasi futbolchilari ishonishmoqda.
Kazemiro 2011 yildan beri Braziliya sharafini himoya qilib keladi. Uning hisobida 42ta o'yin va ikkita gol mavjud.