Madridning “Real” klubi “Arsenal” safida ijarada o'ynayotgan yarim himoyachi Dani Sebalosning kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Sportsmole nashrining xabariga ko'ra, klbu prezidenti Florentino Peres 23 yoshli futbolchini mavsum so'nggiga qadar ortga qaytarmoqchi.
Shu tariqa, “Real” futbolchini boshqa jamoaga ijaraga bermaydi va “Arsenal” bilan ijara shartnomasini uzaytirmaydi.
Eslati bo'tamiz, Sebalos 2017 yil “Real” safiga ko'chib o'tgan. Joriy mavsum u APLda 4ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta golga assistentlik qildi.