“Qirollik klubi yozda o'z tarkibiga bir nechta futbolchilarni qo'shib oldi va ba'zi o'yinchilar bilan xayrlashdi. Eden Azarni inobatga olmasa, jamoa deyarli birorta tuzukroq haridni amalga oshirishni uddalay olmadi. Bugun «qirollik klubi»ning so'nggi paytlarda amalga oshirgan qo'pol xatolari haqida so'z yuritamiz.
Rivojlanish yo'q
O'tgan mavsumdagi omadsizliklardan so'ng, jamoa transfer oynasi ochilishi bilan jamoani boshidan shakillantirishi kutilgan bo'lsada, bu amalga oshmadi. Eng achinarlisi shundaki, klub 2014-yildan beri deyarli bir hil tarkibda to'p surib kelmoqda. Jamoada yosh va iqtidorli futbolchilarga o'zini ko'rsatish imkoni berilmayapti va hozirgi klub futbolchilari tarkibdagi joyini yo'qotib qo'yishdan zarracha cho'chimay qo'ydi. Umuman olganda, rotatsiya ishlari juda sust olib borilmoqda. Yangi mavsumda ham huddi shu xolat kuzatilsa, ajab emas.
Katta harajatlar
Jamoa transfer oynasida 305 million evro sarflagan bo'lsada, tarkibga qo'shib olingan futbolchilarning aksariyati kelajakni ko'zlab sotib olingan futbolchilar sirasiga kiradi. Ular hozirning o'zida naf berishini kutmasa ham bo'ladi. Boz ustida jamoadagi asosiy tarkib mana 5 yildan beri o'zgarmay kelmoqda. Eden Azardan boshqa barcha harid qilingan futbolchilar zahiradan o'rin olishi aniq bo'lib bormoqda. Agarda Azar ortiqcha vazn muammosidan qutulib ketmasa, uni ham asosiy tarkibda ko'rmasligimiz mumkin. Ochig'I omadsiz transfer kompaniyasi o'tgazkan «Real Madrid»dan yangi mavsumda nimadur kutish noo'rindek tuyulmoqda!
O'rtamiyona futbolchilardan voz kechish
Florentina Perez klub tarbiyalanuvchilariga har doim ham ishonavermasligidan xabaringiz bor. «Real Madrid» ushbu transfer oynasi davomida Regilion, Sanabria, Ermoso, Edogor singari iqtidorli futbolchilardan voz kechishga qaror qildi. Ularning transferidan jamoa atigi 30 milliongina ishlagani juda achinarli. Aynan shu yigitlar g'alabaga chanqoqligi bilan qolganlardan ajralib turgan bo'lsada, klub ularni chetga surib tashladi. Agarda ushbu yigitlar jamoaning ikkinchi tarkibida qoldirilganida, jarohatlar yoki rotatsiya paytida ulardan unumli foydalanish imkoni bo'lar edi.
Zidanning talabi qondirilmadi
Zizu yoz davomida Pol Pogbani qo'lga kiritishni istagan bo'lsada, klub uning iltimosini rad etdi. Bir qarashda Zidanning talabani tushunsa bo'ladi. Hozirda Madrid jamoasida Pogba singari himoya va hujumni bog'lab turuvchi va hujumning ritmiga javob beradigan futbolchi yo'q. Kroos va Modrichning davri ortda qolganiga ancha bo'lgan bo'lsada, Perez yana ularga suyanishga qaror qildi.
Keraksiz o'yinchilar olib qolindi
Garet Beyl, Hames Rodrigez, Mariano Diaz singari fubtolchilar Zidan bilan murosa qila olmagani bois, murabbiy ularni asosiy tarkibga yaqinlashtirmaslikka urunayotganidan xabaringiz bor. Ayniqsa, Hames borasida murabbiy o'z pozitsiyasini o'zgartirishni istamayapti. Perez esa, murabbiy ko'rishni ham istamaydigan futbolchilarni sotib yuborish imkoni bo'lsada, jamoada olib qolishga qaror qildi. Boz ustiga ularning maoshlari ham juda katta ekanligni hisobga olsak, bu qarorni qanday oqlash mumkin? Bu ochiqchasiga Zidanga «Real Madrid»da kim birinchi plandagi inson ekanligni ko'rsatib qo'yish uchun qilingan ishmi?!
Jamoa tarkibida balans yo'q
Ayni damda, Real Madridda atigi 4 ta markaziy yarim himoyachi qoldi. Modrich, Kroos, Kazimiro va Valverdedan boshqa hech kim markazda o'ynashga moslashmagan. Eng achinarlisi shundaki, aynan markazda o'ynay oladigan Sebalos va Markos Lorentelar ijaraga berib yuborildi. Endilikda Nomi yuqorida zikr qilingan 4 ta futbolchi mavsum oxiriga qadar to'liq maydonda bo'lishga majbur. «Real Madrid» esa, 305 million evro sarflagan bo'lsada, yarim himoychi harid qilmadi va oqibatda jamoada bir vaqtning o'zida 9 ta hujumkor yarim himoyachilar yig'ilib qoldi. Markaz esa, tobora oqsab bormoqda.
Kazmirodan boshqa futbolchi qolmadi
Jamoaning o'yinida bosh rolni ijro etuvchi Kazmironi amashtirishi mumkin bo'lgan futbolchi hozir tarkibda yo'q. Ha ha u kamida qishgacha jarohatsiz o'ynashga majbur. Aks xolda, Zidan uning pozitsiyasiga Toni Kroosni qo'yishga majbur bo'ladi. Mavsum oldi musobaqalarda germaniyalik futbolchining bu pozitsiyada naqadar bo'sh o'ynashini guvohi bo'lganimiz bois, Kazimiro umuman jarohat olmaslikka va dam olmaslikka mahkum bo'ladi. Bu esa, uningga o'z ta'sirini o'tkazmay olmaydi.
Markaziy himoyada muammolar
«Qirollik klubi» himoyachilarining nomi qanchalar mashxur bo'lmasin, ular so'nggi 2 yil davomida juda past sifatli o'yin ko'rsatmoqda. Mana bir necha yillardan beri Karvahal, Varan, Ramos, Marsello kvartetidan foydalanayotgan «Real»ning himoyasi tobora kuchsizlanib bormoqda. Varan barcha sovrinlarni qo'lga kiritdi va unda hech qanday motivatsiya qolmadi. Ramos esa, borgan sari o'z tezligini yo'qotib bormoqda.
Eng achinarlisi shundaki, himoyachilarga yordam berish uchun harid qilingan Eder Militaoga Zidan birorta rasmiy uchrashuvda maydonga tushish imkoniyatini bermadi. Bundan ko'rinib turibdiki, yangi mavsumda ham aynan shu himoyachilar bosh rolda bo'lishadi. Mavsum oldidan kamida 2 sifatli himoyachi harid qilinganida, jamoada sog'lom raqobat hosil bo'lar, bu esa, himoyachilarning o'z ustida ishlashga undagan bo'lar edi. Afsuski, «qaymoqranglilar» yana shu futbolchilarga ishondi va endi kamida qishga qadar boshqacha yo'l tuta olmaydi.