«Real» hujumchisi Garet Beyl o'zining klubdagi ahvola haqida fikr bildirib o'tdi.
«Barcha aybni menga ag'darishdi. O'tgan mavsumda butun jamoa uchun oson bo'lmadi. «Real»da baxtliman deya olmayman, ammo o'ynayapman. Maydonga chiqqanimda, professional futbolchiga aylanaman. Borimni berib o'ynayman.
Tushunmovchilik hali uzoq davom etsa kerak. Biz buni «Real» rahbariyati bilan muhokama qilishimiz kerak. Biz qandaydir qarorga kelishimiz kerak», – dedi Beyl.
Beyl ushbu mavsumda «Real» safida 3ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va bitta golga uzatma berdi.