«Real» klubi yozgi transfer darchasida darvozabon sotib olmaydi.
Marca xabariga ko'ra, joriy mavsumda, jamoa Keylor Navasning o'yiniga tayanadi va bir yildan so'ng tarkibga yosh darvozabonni qo'shib oladi.
Hozircha, matbuotda «Milan» darvozaboni Janluiji Donnarumma, «Atletik» posboni Kepa Arrisabalaga va «Chelsi» kiperi Tibo Kurtua nomi tilga olinmoqda.
Donnarumma katta ehtimol bilan «Milan» safida qoladi va yangi shartnoma imzolaydi. Agar «rossoneri» EChL yo'llanmasini qo'lga kiritolmasa, Jiji klubni tark etishi mumkin.
Kurtua «Chelsi» bilan yangi shartnoma imzolamadi va gap-so'zlarga qaraganda Madriddan taklif kutmoqda.
22 yoshli Arrisabalaga avvalgi mavsumni a'lo darajada o'tkazib, top-klublarning nigohiga tushib qolgan.