Uelslik futbolchi o'sha o'yinda dubl qayd etgan edi. "Real" hakamning qarori bo'yicha apellyaciya berdi, ammo bu murojaat rad etildi.
SHunday ekan, uelslik o'yinchi bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 3-tur doirasidagi "Levante"ga qarshi o'yinda ishtirok etolmaydi.
Klub 350 evroga, o'yinchining o'zi esa 600 evroga jarimaga tortildi.
30 yoshli Garet Beyl joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 3ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assistga erishdi.