UEFA Chempionlar ligasi musobaqasining o'tgan mavsum statistik ma'lumotlarini e'lon qildi. Unga ko'ra, eng yuqori tezlikni «Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk ko'rsatgan.
Gollandiyalik futbolchi "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan yarim finalning dastlabki bahsida 34,5 kilometr/soat tezlik qayd etgan.
Ikkinchi o'rinni "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane (34,4 km/soat) egallagan bo'lsa, uchinchi pog'onani "shaharliklar" himoyachisi Kayl Uoker (34,2 km/soat) egalladi.
Shuningdek, «Real» yarim himoyachisi Garet Beyl (33,8 km/soat) va «Shalke» hujumchisi Brel Embolo (33,5 km/soat) kuchli beshlikka kirishdi.