“Raqib 2 ta hujum qildi va 2 ta gol urdi. Bunday holat bo'lib turadi. Biz ham shuning ustida ishlashimiz lozim. Himoyada yaxshiroq o'ynash kerak. Hujum borasida nima o'ylayotganimizni yaxshi bilamiz. Ijobiy jihat shuki, mag'lubiyatga uchrash kerak emasligini tushuna oldik. Ramosning xatosiga kelsak, futbolda bunday xatolar bo'lib turadi. Agar bu xatoni hisobga olmasak, dastlabki 15 daqiqani ham yaxshi o'tkazdik. Ikkita gol o'tkazgandan so'ng o'yinga qayta olish juda muhim”,—deydi Zidan.