"Betis" yarimhimoyachisi va yoshlar o'rtasida Yevropa chempionatinign eng yaxshi futbolchisi Dani Sebalyos faoliyatini "Barselona"da davom ettirishni xohlaydi, bu haqida Kataloniyaning Mundo Deportivo nashri xabar berib o'tadi.
"Barselona" rahbarlari allaqachon ispaniyalik futbolchi bilan muzokara o'tkazgan va uning o'zi ham "Barselona"da Messi, Suarez, Neymar va Iniesta bilan to'p surishni xohlashini aytib o'tgan.
Elsatib o'tamiz, oldinroq Sebalyos Twitter orqali "Barselona" va Messining sha'niga aytilgan iliq so'zlarini o'chirib tashlaganini ma'lum qilgan edik.