Madridning "Real" klubi rahbarlari va murabbiylar shtabi yarimhimoyachi Xames Rodrigezni transferga qo'yish aqlga sig'masligini aytib o'tishgan, bu haqida Marca nashri xabar beradi.
Hozircha kolumbiyalik futbolchi klubdan ketishini "qaymoqrang"lilar rahbarlariga ma'lum qilmagan va shuning uchun jamoa uni transferga qo'ymayapdi. Boz ustiga "Real"ga Xamesni sotish qiyin bo'ladi, chunki Madridliklar uni 80 mln yevrodan kamiga sotmoqchi emas.