"Real" klubi yarim himoyachisi Eden Azar jarohat tufayli Belgiya terma jamoasi qarorgohini tark etdi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, futbolchi 16 avgust kuni "Qirollik klubi" mashg'ulotida olgan jarohatidan hali to'la forig' bo'lib ulgurmagan.
Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichi doirasida 6 sentyabr kuni San-Marino, 9 sentyabr kuni Shotlandiya bilan to'qnash keladi.
"Real" murabbiylar shtabi Azarning La liganing 4-turi doirasida 14 sentyabr kuni bo'ladigan "Levante"ga qarshi o'yingacha to'la sog'ayishiga umid qilmoqda.
Ma'lumot o'rnida. Edenning ukasi — Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Torgan Azar ham jarohat tufayli avvalroq terma jamoa bazasini tark etgan edi.