"Kastilya" yarimhimoyachisi Aleysh Febas kelajagiga oydinlik kiritdi.
Yaqin soatlar ichida kanterano "Real"ni tark etib ijara asosida "Saragosa" tarkibiga borib qo'shiladi. Febasning agenti Dani Garsiya Lara "Almeriya" klub bilan ham muzokara o'tkazdi. U yerda sobiq "Kastilya" ustozi Luis Migel Ramis shaxsan o'zi Febasni jamoasida ko'rmoqchi edi, ammo futbolchi "Saragosa" tarkibida La Liga 2 da qatnashishni istadi.
Ushbu mavsumda yarimhimoyachi Segunda B baxslarida 36 ta o'yinda 3 ta gol va 6 ta golga assistentlik qildi.