Krishtianu Ronaldu «Real»ni tark etmaydi.
32 yoshli futbolchi klub prezidenti Florentino Peres bilan telefonda o'z kelajagi haqida gaplashib olgan.
El Confidencial xabariga ko'ra, Ronaldu prezidentni jamoani tark etmasligiga ishontirgan.
«Soliqlar bilan bog'liq voqealar meni qayg'uga solmoqda. Menga xuddi jinoyatchidek muomala qilishyapti. Ammo men Angliyada ham, Ispaniyada ham barcha soliq majburiyatlarini bajarganman.
Men «Real»ni tark etaman deb hech qachon aytmaganman» - degan Ronaldu Peres bilan bo'lgan suhbatda.