Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas shartnoma imzolash uchun PSJ ofisiga tashrif buyurdi. Bu haqida BeIn Sports nashri xabar berdi.
Avvalroq, kostarikalik darvozabon parijliklar uchun 13,5 million evroga o'tishi ma'lum bo'lgan edi. Shuningdek, transferga PSJ darvozaboni Alfons Areola ham qo'shiladi. Parijliklar darvozabonni bir yilga ijaraga beradi.
Eslatib o'tamiz, Navas 2014 yil “Real” futbolchisiga aylangan. Joriy mavsum u birorta o'yinda maydonga tushmadi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilgacha mo'ljallangan.