Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua yana o'z davrozasidan gol olib chiqishga majbur bo'ldi. Darvozabon “Vilyarreal”ga qarshi o'yinda ikkita to'p o'tkazib yubordi.
Shu tariqa, belgiyalik darvozabon ichki chempionatda ketma-ket 11 o'yinda gol o'tkazib yubordi. Bu haqida Opta nashri xabar berdi. Bu darvozabonning shaxsiy antirekordi hisoblanadi.
Darvozabonning faoliyatida bunday omadsiz seriya bo'lmagan. U faoliyati davomida “Genk”, “Chelsi” va “Atletiko” klublarida to'psurgan.