Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas jamoasini o'zgartiradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Navas ikkinchi darajali darvozabon bo'lmoqchi emas, shuning uchun o' o'zini qo'yib yuborishlarini so'radi. Darvozabonning xizmatiga PSJ klubi qiziqib qolgan va uni asosiy darvozabon qilishga tayyor. PSJ kostarikalik darvozabon uchun 15 million evro va ijaraga darvozabon Alfonso Areolyani qo'shib bermoqchi.
PSJ Navasning transferini bugun e'lon qiladi. Areolya esa madridliklar safiga 11 sentyabrdan keyin borib qo'shiladi.
Ma'lumot uchun, darvozabon kechagi o'yindan keyin Madridga qaytmadi va kiyinish xonasida jamoadoshlari bilan xayralashdi. Yaqin soatlar ichida parijliklar futbolchining transferini e'lon qiladi.