Ushbu mavsumga tayyorgarlik jarayonida "Real"ning birdaniga 10 nafar futbolchisi jarohat oldi. O'rtacha har 5 kunda bir nafar futbolchi safdan chiqmoqda.
Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaganidan buyon Marko Asensio, Ferlan Mendi, Tibo Kurtua, Eden Azar, Xames Rodriges, Rodrigo Goes, Braim Dias (ikki marta), Isko, Luka Yovich va Eder Militao jarohat olishdi.
Ma'lumot o'rnida. Mavsum boshlanishidan oldin "Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning talab bilan jamoada jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassis almashgan edi.