"PSJ" klubi "Real" darvozaboni Keylor Navasni qo'lga kiritish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.
Kosta-rikalik futbolchi «Qirollik klubi»da etarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgani bois, jamoani tark etmoqchi. Kecha darvozabon «Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan bilan bu borada suhbatlashdi. Murabbiy uni qo'ldan chiqarishni istamayotgan edi. Shunga qaramay, Zidan va Navas o'zaro qo'l tashlashib, bir necha yillik birgalikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildirishdi.
"Pari Sen-Jermen" Keylorni qo'lga kiritish uchun o'z darvozaboni Alfonc Areolani "Real"ga taklif qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi. Navas esa parijliklar bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishib bo'ldi.