Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Markos Llorente keyingi mavsum "qaymoqli" libosda harakat qilishini aytib o'tdi.
"Men "Real" rahbarlari bilan gaplashib oldim. Mening "Alaves" bilan ijara muddatim yakuniga yetdi va endi mening "Real" bilan amaldagi shartnomam davom etadi. Klub bilan AQSH turnesiga yo'l olaman. Hor doim "Real" g'alabalariga xissa qo'shishni xohlaganman. Bilaman, "Real"da dunyoning eng kuchli futbolchilari harakat qilad, bu yerda to'p tepish murakkab. Ammo men o'zimni Madridda ko'rmoqdaman. "Real" menga aytdi: men ushbu klub uchun to'p surishim kerak." - deydi 21 yoshli futbolchi Marca nashriga bergan intervyusida.