"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning ish faoliyati borasida savollar paydo bo'lib bormoqda. Katta ehtimol bilan sentyabr oyidagi o'yinlar frantsiyalik mutaxassisning taqdiriga oydinlik kiritsa — ajab emas.
Zidan "Real" rahbariyatining ishonchini yo'qotib bormoqda. 47 yoshli murabbiyning ba'zi qarorlari klub menejment siyosatiga mos bo'lmayapti. U o'z an'anasiga sodiq qolgan holda, "eski gvardiya"ga ishonishda davom etmoqda. Ammo "Valyadolid"ga qarshi o'yinda qayd etilgan durang rahbariyatga yoqmadi. "Real" rahbarlarining fikricha, tarkibga faqat "qariya"larni tushirish klub rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Rahbariyat yozgi transfer paytida Zidan talab qilgan deyarli barcha transferlarni amalga oshirdi. Shu bois, jamoa endi ijobiy natijalar kutmoqda. Albatta, hozircha Zidanning iste'fosi haqida hozircha hech qanday gap yo'q. Ammo sentyabr oyi Zayniddin uchun sinov oyi bo'ladi.
"Real" sentyabrda La liga doirasida "Vilyarreal", "Levante", "Sevilya", "Osasuna" va "Atletiko" bilan to'ynash keladi. Shuningdek, "Qirollik klubi" Evropa chempionlar ligasining guruh bosqichi o'yinlarini boshlaydi.
Eslatib o'tamiz, Zidan 2017/18 yilgi mavsum so'ngida "Real"ni tark etib, shu yilning mart oyida Madridga qaytgan edi.