Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytmayapti. Bu haqida El Chiringuito xabar tarqatdi.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar futbolchi uchun Keylor Navasni qo'shib bermoqchi edi, ammo parijliklarni “Real”ning boshqa darvozaboni Tibo Kurtua qiziqtirmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq, PSJ Neymarni faqatgina “Real Madrid”ga sotmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.