"PSJ" qanday holatda Neymarni "Real"ga sotishi mumkinligini ma'lum qildi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, parijliklar transferga Vinisius Junior qo'shilishini istashmoqda. "Pari Sen-Jermen" sport direktori Leonardo yosh braziliyalik futbolchini Parijga olib kelmoqchi.
Ammo "Qirollik klubi" 19 yoshli Vinisius bilan xayrlashmoqchi emas. Shu bois, "Real"ning "PSJ" shartiga ko'nish ehtimoli yuqori emas.