"Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges jarohat tufayli safdan chiqdi. Bu haqda klub rasmiy xabar tarqatdi.
"Real Madrid" shifokorlar shtabi tomonidan o'tkazilgan tibbiy tekshiruv natijasida Xames Rodrigesning boldir mushagi jarohat olgani aniqlandi. Uning tiklanishi uchun qancha vaqt ketishiga oydinlik kiritilmoqda", — deyiladi xabarda.
Kolumbiyalik futbolchi Ispaniya chempionatining 2-turidan o'rin olgan "Valyadolid"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat olgan edi. AS nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Xamesning tiklanishi uchun taxminan 2-3 hafta vaqt ketadi.
Bungacha "Real"ning 4 futbolchisi — Eden Azar, Braim Dias, Marko Asensio va Ferlan Mendi jarohat olishgan edi. Mazkur yozda "qirollik klubi" jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyni almashtirgan edi.