Portugaliyalik murabbiy Joze Mourino “Real” sababli bir nechta takliflarni rad etdi. Bu haqida AS nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, Mourino “Real”ga qaytishiga ishonmoqda.
Ma'lumot uchun, 56 yoshli mutaxassis 2010-2013 yillari “Real”ni boshqargan. U “qirollik klubi” bilan bir marta Ispaniya chempionatini va Ispaniya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan.
Eslatib o'tamiz, ayni damda madridliklarni Zayniddin Zidan boshqarmoqda.