PSJ “Kristal Pelas” hujumchisi Uilfrid Zaaga qiziqib qoldi. Bu haqida The Mirror nashri xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar jamoadan ketishi kutilayotgan Neymar o'rniga Zaani olib kelmoqchi.
Avvalroq, “Kristal Pelas” etakchisni 110 million evroga baholagandi. Futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Arsenal” klublari qiziqayotgandi, lekin jamoalar futbolchi uchun belgilangan narxni to'la olishmadi.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli Zaa o'tgan mavsum 36ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol urgan va 10ta golga assistentlik qilgan.