"Real" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez klub prezidenti Florentino Peresga faqatgina "Manchester Yunayted"ga o'tish niyati borligini ma'lum qilgan.
Kolumbiyalik futbolchini kelajagini faqat "qizil iblis"lar tarkibida ko'rmoqda. Agarda 25 yoshli xavbek "MYU"ga o'tmasa yana bir mavsum "Real"da qolib keyingi transfer oynasi paytida "MYU"ga o'tmoqchi.
Eslatib o'tamiz, mankunianliklar pleymeker uchun 80 mln yevro to'lashga tayyor ekanliklarini oldinroq ma'lum qilgan edi. Ushbu mavsumda Xames barcha turnirlarda 33 o'yinda maydonga tushib 11 ta gol va 13 ta golga assistentlik qilgan.