Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Zayniddin Zidan “Valyadolid”ga qarshi kechgan o'yindan so'ng qo'yidagi fikrlarni bildirdi.
"Ikkinchi bo'limda biz eng qiyin ishni bajardik va gol urdik. Oradan 3-4 daqiqa o'tib raqib hisobni tenglashtirdi va biz o'z pozitsiyamizni yo'qotdik. Uch ochko olishimiz kerak edi. Buni qabul qilish qiyin.
Biz 90 daqiqa o'ynashimiz kerak, men buni talab qilaman. Agar biz birinchi bo'limdagidaqa 90 daqiqa o'ynasak, g'alaba qozonishimiz uchun imkoniyat bo'ladi.
Xames yaxshi o'ynadi. U o'zini noqulay his qildi va biz tavvakal qilishni istamadik. U, ayniqsa , birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, faqat unga gol etishmadi”, - deydi Zidan.