«Real» darvozaboni Keylor Navas hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoani tark etmasligiga umid bildirdi.
Ayni paytda, soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlik ayblovi tufayli, portugaliyalik futbolchining «Real»dagi kelajagi so'roq ostida turibdi.
«Men Krishtianuga qo'ng'iroq qilmadim. Bunday ishlarga aralashmayman. Albatta uni jamoa tarkibida qolishini istayman. Bunday mahoratga ega futbolchi klubni tark etmasligi lozim. Umid qilamanki, u «Real»dan ketmaydi va ko'p yillar davomida jamoa tarkibida to'p suradi» - dedi Navas Marca xabarida.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln evro soliqlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlikda ayblamoqda. Shu haftada futbolchi klub prezidenti Florentino Peres bilan uchrashib, o'z kelajagiga oydinlik kiritmoqchi.