“Real” darvozaboni Keylor Navas jamoadan ketishga yaqin.
Marca nashri tarqatgan xabarlarga ko'ra, 32 yoshli darvozabon faoliyatini PSJda davom ettiradi. Shuningdek, madridliklar ham Navasning ketishiga qarshi emas. Transferning qolgan tafsilotlari hozircha ma'lum emas.
Ma'lumotlarga ko'ra, “Real” kostarikalik darvozabonni 20 million evrodan kamiga qo'yib yubormoqchi emas.