Ispaniyaning AS nashri muxlislar orasida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga taalluqli so'rovnoma o'tkazdi.
Portugaliyalik futbolchi jimlikni buzib, o'z kelajagi haqida gapirishi kerakmi degan savol nashr tomonidan o'rtaga qo'yildi. So'rovnomada ishtirok etganlarning 76 foizi bunga «ha» deb javob berishdi.
Eslatib o'tamiz, yaqinda Ispaniya prokuraturasi Ronalduni 14,7 mln evro miqdorida soliqlarni yashirganlikda ayblagan edi. Shundan so'ng, futbolchi «Real»ni tark etmoqchi ekani haqida xabarlar chiqib ketdi. Biroq, Ronalduning o'zi bu voqea yuzasidan jimlikni saqlashni ma'qul ko'rmoqda.