L'Equipe nashrining xabariga ko'ra, madridliklar Neymar uchun 100 million evro va darvozabon Keylor Navas, yarim himoyachi Xames Rodriges hamda hujumchi Garet Beylni taklif qildi.
Ammo parijliklar mazkur taklifni rad etdi. Neymar joriy mavsum PSJ tarkibida maydonga tushmadi. Biroq parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel futbolchini “Tuluza”ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritmoqchi.