"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich "Selta"ga qarshi bo'lib o'tgan La liganing 1-tur bahsida Denis Suaresga qarshi qo'pollik uchun maydondan chetlatilgan edi.
Mazkur qizil kartochka uchun xorvatiyalik futbolchi bitta o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi xabar tarqatdi.
O'z navbatida, «Real» rahbariyati Modrichning qizil kartochkasini bekor qilish maqsadida apellyatsiya bermoqchi edi. Ammo Federatsiya uni qabul qilmadi. Shu tariqa, Luka Modrich La liganing 2-turi doirasida bo'ladigan "Valyadolid"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.