“Barselona” PSJ hujumchisi Neymarni ijaraga olish haqida o'ylamoqda.
ESPN nashrining xabariga ko'ra, kataloniyaliklar braziliyalik futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishga qaror qilishdi.
Shuningdek, jamoa Neymarning transfer narxini pasaytirish uchun o'z futbolchilaridan qo'shib bermoqchi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” Neymarning transfer narxi borasida qaror qabul qilmadi. 2017 yil PSJ futbolchini 222 million evroga xarid qilgan edi. Futbolchini shuningdek, “Real” va “Yuventus” jamoalari o'z safiga qo'shib olmoqchi