"Real" klubi "Tottenxem" yarim himoyachisi Kristian Eriksenga hamon qiziqish bildirmoqda, deya xabar tarqatdi The Sun nashri.
Manbaga ko'ra, "Qirollik klubi" daniyalik futbolchi uchun 66 million evro taklif qilishga tayyor. "Real" "shporlar"ning mazkur taklifni qabul qilishiga ishonmoqda. Boisi, Eriksen londonliklar bilan shartnomani uzaytirishni istamayapti.
Avvalroq "Tottenxem" rahbari Daniel Levi 27 yoshli Eriksenni 90-100 million evroga baholayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.