«Real» darvozaboni Keylor Navas yangi mavsumga ruhan jiddiy tayyorgarlik ko'rayotgani va asosiy tarkibdagi o'rnini hech kimga berib qo'ymasligi haqida aytib o'tdi.
Matbuot "Qirollik klubi" yangi darvozabon xarid qilmoqchi ekani borasida bot-bot bong urmoqda. Shu bilan birga "Real" qiziqayotgan darvozabonlar nomi ham e'lon qilinmoqda. Ular «Milan» posboni Janluidji Donnarumma, «Chelsi» darvozaboni Tibo Kurtua va i «Manchester Yunayted» posboni David de Xea. «Qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan esa kosta-rikalik darvozabonga ishonch bildirishini ta'kidlab kelmoqda.
«Men «Real»da har qanday raqobatchi bilan jonimni fido qilar darajada kurashishga tayyorman. Zidanga minnatdorchilik bildirish uchun munosib so'zlarni topa olmayman», — dedi Navas.