«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan La Liganing 1-turidan o'rin olgan «Selta»ga qarshi o'yindan (3:1) keiyn Garet Beyl haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«O'yindan oldin Beyl bilan gaplashib oldik. U jamoada qoladigan bo'ldi. Safimizda qolgan barcha o'yinchilar endi faqat mavsum haqida o'ylamoqda.
Garet barcha futbolchilar kabi bugun yaxshi o'ynadi. U yangi mavsum haqida o'ylagan holda o'ynamoqda», – dedi Zidan.
Eslatib o'tamiz, Beyl «Selta»ga qarshi o'yinni boshlang'ich tarkibda boshladi. U 12-daqiqada Karim Benzemaga golli uzatmani amalga oshirdi.