“Barselona” yaqin vaqt ichida PSJ hujumchisi Neymar transferiin e'lon qiladi. Bu haqida Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko'ra, PSJ yakka tartibda shug'ullanayotgan Neymarni sotishga tayyor. Kataloniyaliklar ikki kun ichida braziliyalik futbolchining transferini e'lon qiladi. Futbolchi xizmatiga shuningdek, “Real” klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, 27 yoshli futbolchi 2013/2017 yillari “Barselona” sharafini himoya qilgan. Undan so'ng u 222 million evroga PSJga ko'chib o'tgan.