"Real" yarim himoyachisi Eden Azar Ispaniya poytaxtidan o'ziga uy sotib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, belgiyalik futbolchi La Finsa tumanidan 11 million evroga hashamatli uy xarid qilgan. Uning hududiga 6ta yotoqhona, basseyn, spa, trenajyor zal, kinozal va tennis kortlari mavjud.
Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi yozgi transfer paytida 100 million evro evaziga "Real" safiga ko'chib o'tgan edi. U "Qirollik klubi" bilan 2024 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi.