“Real Madrid”dan “Valyadolid”ga ijaraga o'tgan darvozabon Andrey Lunin La Liga va Ispaniya Kubogida madridliklarga qarshi o'ynash imkoniyatiga ega. Bu haqida”Valyadolid” sport direktori Mixel Anxel Gomes ma'lum qildi.
Bundan tashqari, uning aytishicha, 20 yoshli darvozabonning kelishuvida yangi mavsumda o'yinlar yoki daqiqalar bo'yicha talablar belgilanmagan.
Eslatib o'tamiz, Lunin o'tgan mavsumni “Leganes” safida ijarada o'tkazgan.