“Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov “qizil iblislar”ning yarim himoyachisi Pol Pogbaning kelajagi haqida gapirdi.
“Yakshanba kungi “Chelsi”ga qarshi bahsda, nima uchun Sulsher Pogbani jamoada olib qolmoqchi ekanligini ko'rdik. Polning Reshfordga bergan pasi ideal edi, men buni “toza futbol” deya olaman.
“Manchester Yunayted”da o'ynagan vaqtlarimda Maykl Kerrik meni qaerda ekanligimni aniq bilardi va ko'plab assistentlik qilardi. Bunday futbolchilar kerakli vaqt uchun energiyasini saqlab qolishadi.
Agar, “Yunayted” “Real Madrid”dan 200 million funt atrofida taklif olsagina transfer amalga oshadi. Ammo umid qilaman, Pogba jamoada qoladi”, – deydi Berbatov.