“Real” PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish fikridan qaytmayapti, deya yozmoqda Sport.es.
Manbaning xabariga ko'ra, madridliklar prezidenti Florentino Peres futbolchining transferini yakunlash uchun kredit olgan.
“Real” rahbariyati yozgi transferlardan yaxshi foyda ko'rmagandan keyin shu qarorga kelgan.
Endi, Peres rasmiy taklif jo'natish haqida o'ylamoqda. Futbolchining agenti Pini Zaxavi mijozini “qirollik klubi”ga o'tishga tayyorligini ma'lum qilgan.
“Real” Neymar uchun 100-120 million evro va 1ta yoki 2ta futbolchisini taklif qilmoqchi.