«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan 2019 yilning mart oyida jamoa boshqaruviga qaytishdan avval klub prezidenti oldiga o'z shartlarini qo'ygan edi. Ulardan biri — «MYu» yarim himoyachisi Pol Pogba «Qirollik klubi»ga olinishi kerak edi. Peresning va'dasiga ishongan Zidan frantsiyalik futbolchini ishontirib qo'ygan edi.
Peres esa mankunianliklar so'ragan pulni bermadi va Pogba «MYu»da qoladigan bo'ldi. Shu bois, frantsiyalik murabbiylar «qaymoqranglilar» boshqaruvini tark etish haqida o'ylamoqda.