Madridning “Real” klubi Vinisius Juniorni PSJga sotish fikridan qaytdi.
Avvalroq, madridliklar 19 yoshli futbolchini Neymar transferiga qo'shib bermoqchi edi. Ma'lumotlarga ko'ra, “qirollik klubi” fikridan qaytgan.
PSJ direktori Neymarni “Real”ning yosh iqtidoriga almashishga tayyor.
Qolaversa, parijliklar Neymar transferiga “Real Madrid”ning yana bir etakchisi Luka Modrichni ham qo'shib berishlarini istayotgan edi.