"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan yaqin orada o'z lavozimini tark etishi mumkin. Bu haqda El Pais nashri jurnalisti Diego Torres xabar tarqatdi.
"Pogbaning transferi barbod bo'lganidan keyin Zidan "Real"ni tark etishga tayyor turibdi. Mutaxassisning shaxsan o'zi futbolchiga uni "Madrid"ga olib o'tishga va'da bergan edi. Transferning barbod bo'lishi esa Zidanni noqulay ahvolga solib qo'ydi. Ushbu voqea Zayniddin va klub prezidenti Peres o'rtasidagi ishonchga putur etkazdi", - deya yozdi jurnalist.
Eslatib o'tamiz, Zidan dastlab 2016-2018 yillarda "Real"ni boshqarib, ketma-ket 3 marta Evropa chempionlar ligasida g'olib chiqdi. U 2019 yilning mart oyida yana "Qirollik klubi" boshqaruviga qaytgan edi.