«Manchester Yunayted» darvozaboni David de Xeaning kelajagi noma'lum bo'lib turibdi.
Avvalroq ispaniyalik posbon klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida ma'lumot tarqatilgan edi. Unga ko'ra, futbolchining yillik maoshi 21,7 million evroga etishi kerak edi. Ammo shu paytgacha shartnoma imzolanmadi.
The Mirror tarqatgan xabarga ko'ra, vaziyatni «Real» kuzatib bormoqda. Madridliklar De Xeani erkin agent sifatida qo'lga kiritishmoqchi.
Posbonning «MYu» bilan shartnomasi 2020 yilning 30 iyun kuni yakuniga etadi.